Salqin va bulutli: 9-iyun kuni ob-havo
Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda 9-iyun kuni havo sovib ketadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Xorazmda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 ° , kunduzi 20-25 ° iliq bo’ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar tog‘larda sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi. Xavf mamlakatning 6 ta hududida e’lon qilingan.
Izohlar