“Salimboyvachcha” ozodlikka chiqarildi
“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqqan.

2024-yil 19-mart kuni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Salim Abduvaliyev kecha, 12-yanvar kuni salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka chiqarildi. Kun.uz’ning xabar berishicha, u uzoq vaqtdan buyon og‘ir kasallik bilan kurashib kelayotgan bo‘lgan.
Salim Abduvaliyev 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston sport kurashlari assosiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Bu yil 75 yoshni qarshilaydigan tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boshida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib protsessual tartibda ushlangandi.
Salim Abduvaliyev 2024 yil 19 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmiga ko‘ra, JKning 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025 yil 12 yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka chiqarilgan.
Jinoyat Kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish) hukm chiqarilganidan keyin jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishini nazarda tutadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi Toshkentliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi Sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov qamoqda barmoqlaridan ayrildi
Soʻnggi yangiliklar







