Salimboy Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilardi — Tashiyev
Qirg‘iziston MXQ raisi mamlakatdagi uyushgan jinoiy guruhlar va “Salimboyvachcha” — Salim Abdullayev borasida gapirdi.

Qirg‘izistonda 2023-yil xalqaro jinoiy doiralarda “Kolya-qirg‘iz” nomi bilan tanilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyev hibsga olinishi chog‘ida o‘ldirilgandi. Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev u “davlat manfaati uchun” yo‘q qilinganini aytdi va Salimboyvachcha borasida ham gapirdi.
Tashiyevga ko‘ra, Qirg‘izistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi shunchalik yuqori bo‘lganki, jinoyat olami vakillari “butun mamlakat bo‘ylab hokimiyatni egallab, davlatnikiga o‘xshash boshqaruv tizimini yaratgan”.
Ularda prezident — qonundagi o‘g‘ri va nazoratchilar bor edi. Viloyat, tuman va shaharlarda ular tadbirkorlardan pul undirardi. Bu kuchli tuzilma edi. Men qonundagi o‘g‘rini yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘ldim. Tushunasizmi, davlat manfaati uchun. Biz uni, keyinchalik esa uning sheriklari hamda uyushgan jinoiy guruhning (UJG) boshqa a’zolarini yo‘q qildik, dedi u.
Tashiyevning ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakat UJGlardan xoli, jinoyat olamida esa “hech narsa qolmagan”. U maxsus xizmat ulardan milliardlab dollarni “tortib olganini” qayd etdi.
(Qirg‘iziston) Markaziy Osiyoda, hatto sobiq sovet davlatlari orasida ham UJG mavjud bo‘lmagan yagona davlatdir. Hozir tadbirkorlar ilgarigidek hech kimga to‘lov qilmayapti. Ularni yo‘q qilganimizdan so‘ng dastlabki paytlarda tadbirkorlar hatto kimga to‘lash kerakligini qidirib yurardi. Hatto bizning oldimizga ham kelardi, dedi MXQ raisi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistonda ham kartoshka narxi keskin oshib ketdi O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi O‘zbekistonda qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol ekstremistik materiallar tarqatishda ayblanib ushlandi Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







