Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisini qabul qildi — asosiylar
Tomonlar turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etildi. Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yaqin muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Izohlar