6 Avgust 2024, 14:21 Oʻzbekiston, Jahon

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonga tashrif doirasida davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telеgram kanalida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 6-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va ko‘p tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Asosiy yo‘nalishlarda yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash istiqbollari, jumladan, madaniy va xalq diplomatiyasi sohasida, shuningdek, axborot siyosati borasida hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashdik, deydi Saida Mirziyoyeva.

Mashhur yangiliklar