Saida Mirziyoyeva Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovani XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlari chempioni bo‘lgani bilan tabrikladi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Parij—2024 Olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi.
“Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.
Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir!
Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Maʼlumot uchun, kecha, 28-iyul kuni -52 kg vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda kosovalik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini yengib, oltin medal sohibiga aylandi.
Shu tariqa Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda o‘zbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga ko‘tarilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi deb topildi O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshisi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi
Soʻnggi yangiliklar







