O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva Muhammad Abunayan bilan hamkorlikni muhokama qildi

Tomonlar Qoraqalpog‘istondagi loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ACWA Power kompaniyasi raisi va Vision Invest kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadigan energetika, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Ikki mamlakat vakillari so‘nggi yillarda rivojlanishning ishonchli dinamikasini namoyish etayotgan Qoraqalpog‘istondagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.

Avvalroq O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchini o‘qitishi haqida xabar berilgan edi. Yoshlar uchun sun’iy intellekt sohasida qator tashabbuslar boshlanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная