Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi bilan ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi
Tomonlar qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni tadqiq etishni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

8-dekabr kuni Qohirada Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saida Mirziyoyeva shayxga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Tomonlar O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviy va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shma dasturlarni, akademik almashinuvlarni va qo‘lyozmalarni tadqiq etishni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Izohlar