Rus tilini bilmaydigan migrantlar Rossiyadan deportatsiya qilinishi mumkin
RLDP vakillari tomonidan rus tilini bilmaydigan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritildi.
Agar chet el fuqarosi tomonidan rus tilini bilishi to‘g‘risida olingan sertifikat haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, migrant deportatsiya qilinishi mumkin. Shu mazmundagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga RLDP vakillari tomonidan kiritildi.
Qayd qilinishicha, agar migrantda Rossiyadan chiqib ketish uchun moliyaviy imkoniyat bo‘lmasa, u o‘z davlatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi hisobidan deportatsiya qilinadi.
Bizga faqat tilimizni va mamlakat tarixini o‘rganish uchun harakat qilgan mutaxassislar kelishi kerak. Rossiyaga yolg‘on yo‘l bilan kirganlar, jinoyat qilib, hujjat sotib olganlar… darhol deportatsiya qilinishi lozim, dedi RLDP raisi Leonid Slutskiy.
Til sertifikati Rossiyada ishchi kuchi sifatida qonuniy qolish uchun zarur shartdir. Mehnat migrantlari sertifikat olish uchun rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon topshirishi lozim.
Rossiya Ta’lim va fan vazirligi iyul oyi boshida ma’lum qilishicha, rus tili imtihonidan o‘ta olmagan migrantlar foizi 2024 yil yanvar-may oylarigacha 3 foizdan 30 foizga oshgan. 2024 yil aprel oyida migrantlarga yordam berish markazlari rus tilidan imtihon topshirish huquqidan mahrum bo‘ldi. Ilgari ular buni Rossiya universitetlari nomidan amalga oshirishi mumkin edi. Ta’lim va fan vazirligi talabiga ko‘ra ular bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Qozog‘istonda migratsiya nazoratini kuchaytirilmoqda