Rossiyadan qarovchisiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Bosh konsulxona xodimlari voyaga yetmaganlarni vatanga jo‘natishda shaxsan kuzatib borgan.

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
2008, 2018, 2020 va 2023-yillarda tug‘ilgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligining Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish bo‘limi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv davomida tomonlar tegishli hujjatlar bilan tanishib, Bosh konsulxona xodimi ishtirokida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi. Vatandoshlar Yekaterinburg—Toshkent reysi bilan vatanga kuzatib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari bolalarni birgalikda himoya qilishni boshlaydi. Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning bola huquqlari bo‘yicha vakillari Toshkentda forum o‘tkazdi.
Izohlar