16 Yanvar 2025, 17:58 Oʻzbekiston, Jahon

Rossiyadagi qurilish maydonida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Erkak 16-qavatdan qulab, halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Rossiyadagi qurilish maydonida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi 16-qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahridagi qurilish ob’ekti hududida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. U qurilishda armaturachi bo‘lib ishlagan.

Erkak 16-qavatdan qulab, halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. O‘zbekistonlik ishchi qurilish ob’ekti hududidagi vagonchada yashagan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mashhur yangiliklar