Rossiyadagi o‘zbeklar kengashi rahbari Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlikni “sotqin” deb atadi
Avvalroq Moskvada Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘i asosida terakt sodir qilganlikda ayblanib, 29 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olingan edi.
Avvalroq Moskvada Ukraina maxsus xizmatlari topshirig‘i asosida general-leytenant Igor Kirillovni o‘ldirishda ayblanib, 29 yoshli o‘zbekistonlik qo‘lga olingan edi. Umumrossiya o‘zbeklar kengashi jamoat tashkiloti rahbari Ibrohim Xudoyberdiyev mazkur terktda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosini “sotqin mahluq” deya haqorat qildi.
“Biz shunchalik sarmoya kiritamiz, yaxshi munosabatlarga sarmoya kiritamiz… Bular kamdan kam uchraydigan, sotqin maxluqlarki, qurolsiz odamga tiyinlar evaziga shunday terrorchilik harakatlarini amalga oshiradi”, degan Xudoyberdiyev RIA Novosti’ga bergan izohida.
Ibrohim Xudoyberdiyev, shuningdek, oʻz yurtdoshlari ekstremistlar bilan aralashib ketmasliklari uchun “tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish kerak”ligini taʻkidlagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi O‘zbekiston fuqarosi rossiyalik general o‘limida gumonlanmoqda Anqarada terakt uyushtirildi. Qurbonlar bor Мирзиёев Доғистондаги терактлар муносабати билан Путинга ҳамдардлик билдирди