14 Yanvar 2025, 19:16 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyadagi aeroportda o‘zbekistonlik erkak odamlarga pichoq o‘qtaldi

So‘roq paytida erkak mast holatda bo‘lganini bildirgan, u xatti-harakatining sababini izohlay olmagan.

Rossiyadagi aeroportda o‘zbekistonlik erkak odamlarga pichoq o‘qtaldi

Rossiyaning Krasnoyark shahridagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston fuqarosi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hodisa 13-yanvar kuni aeroportning birinchi qavatida yuz bergan. O‘zbekiston fuqarosi 39 yoshli jabrlanuvchiga pichoq bilan bir necha bor zarba bergan. U ikki nafar guvoh va yetib kelgan politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.

O‘zbekistonlik erkakka nisbatan qotillikka suiqasd bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining Sharqiy mintaqalararo tergov boshqarmasi jabrlanganlar ikki kishi ekanini aytmoqda.

Hujum qilgan erkak 40 yoshli o‘zbekistonlik ekani aniqlangan, u xatti-harakatining sababini izohlay olmagan. Erkak pichoqni terminal kafelaridan birida olgan. So‘roq paytida u mast holatda bo‘lganini bildirgan. O‘zbekiston fuqarosi hujum sodir bo‘lishidan ikki kun oldin uyiga uchib ketish uchun Krasnoyarkka kelgan.

Mashhur yangiliklar