24 Fevral 2025, 10:15 •Jahon, Oʻzbekiston
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Ishlash uchun Rossiyaga borib, patent va shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotib qo‘ygan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.

Bosh konsulxona diplomatlari koʻmagida Sankt-Peterburg shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan oʻzbekistonlik oilasi bagʻriga qaytarildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston fuqarosi 2024-yil iyul oyida Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida borgan. U Rossiya hududida qonuniy boʻlish uchun zarur boʻlgan patentini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yoʻqotib qoʻygan. Shu bois tayinli ishga joylasha olmagan.
Soʻnggi kunlarda u kvartiraga toʻlov uchun pul yoʻqligi sababli koʻchada qolgan.
“Bosh konsulxona diplomatlari vatandoshimizning yashash joyini aniqlab, unga Oʻzbekistonga yetib olishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdi. Shuningdek, yurtimizga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar

Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi
17 Mart 2025, 17:48
Abduqodir Husanovga “Gelik”ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
17 Mart 2025, 16:43
Isroil O‘zbekiston mutaxassislari uchun treninglar tashkil etadi
17 Mart 2025, 15:32
Toshkentda Nexia-3 piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
17 Mart 2025, 14:52
Hafta davomida juda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
17 Mart 2025, 13:06
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi
17 Mart 2025, 12:22
Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi
17 Mart 2025, 11:51
Ijobiy kredit tarixiga ega xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi
17 Mart 2025, 11:27