24 Yanvar 2025, 08:20 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan.

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyaning Samara oblastida ota-ona qaramogʻisiz qolgan bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22-yanvar kuni xorijda ota-ona qaramogʻisiz qolgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan shaxs Rossiya IIV Samara oblasti bosh boshqarmasi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Toshkent shahriga yetib kelgan.

Bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, u 2023-yilda onasi bilan Rossiyaga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida boʻlib turish qoidalarini buzilishi ortidan Oʻzbekistonga yuborilgan.

“Ota-onaning hozirda qayerdaligi nomaʼlum. “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini koʻrmoqda”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar