27 Fevral 2025, 11:23 Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Ularning ikkalasi ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 2 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalarning biri ota-onasining ishonchnomasi asosida Rossiyaga ketgan. Ikkinchisi esa 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida, 9-sinf oʻquvchisi boʻlganidayoq opasining turmush oʻrtogʻi bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.

Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan oʻtkazilgan reyd davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.

Ular kecha, 26-fevral kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari koʻmagida Oʻzbekistonga olib kelingan.

Mashhur yangiliklar