15 Fevral 2025, 09:05 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Ularning ota-onalari Rossiya hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan

Rossiyada qarovsiz qolgan 4 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 4 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalarning ota-onalari Rossiya hududida boʻlib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Bu vaqtda voyaga yetmagan toʻrt nafar oʻzbekistonlik bola yaqin tanishlari bilan qolgan.

Oʻzbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarning manzilini aniqlab, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam koʻrsatgan.

Mashhur yangiliklar