12 Fevral 2025, 10:15 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ish Moskvadagi vaqtinchalik saqlash markazi xodimlari hamda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yordamida amalga oshirilgan.

Rossiyada qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

11-fevral kuni Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bolalardan biri onasi bilan, ikkinchisi esa ota-onasining ishonchnomasi asosida buvisi bilan, uchinchisi ham ishonchnoma asosida opalari bilan birga mehnat muhojiri sifatida Rossiyaga kelgan.

Bolalarning yaqin qarindoshlari mamlakat hududida bo‘lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilingan. Bolalar esa Moskva shahridagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

IHMA, hududiy “Inson” markazlari xodimlari, ijtimoiy xodim va psixologlardan iborat ishchi guruh bolalarning vatanga qaytishini ta’minlash va ularni ota-onalariga topshirish ishlarini amalga oshirdi. Bunda ularga Moskvadagi vaqtinchalik saqlash markazi xodimlari hamda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yordam berdi.

Agentlik xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.

Mashhur yangiliklar