14 Oktabr 2024, 14:17 •Oʻzbekiston, Jahon
Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Rossiyada 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi.
Rossiyaning Leningrad viloyatida 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Hodisa 11 oktyabr kuni tunda Mini – Novinka avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan.
O‘zbekiston fuqarosi Chevrolet Cruze avtomobilida yo‘lning qatnov qismida 50 yoshli erkakni belgilangan piyodalar o‘tish joyidan tashqarida urib yuborgan.
Piyoda qoramtir rangli kiyimda, nur qaytaruvchi elementlarsiz bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, avariyadan oldin piyoda qatnov qismining o‘rtasida bo‘lgan va uzoqdan ko‘rinmagan. Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan o‘rganilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19