Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 15 kg gashish bilan ushlandi
Hozirda taqiqlangan moddalarni yetkazib berish yo‘llari aniqlanmoqda, shuningdek, jinoyatda ishtirok etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Rossiyaning Sankt Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogram gashish bilan qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
“Kola” trassasining 42-kilometrida standart tekshiruv uchun Chery Tiggo avtomobili to‘xtatilgan. Rulda Sankt Peterburgda istiqomat qiluvchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Politsiyachilar bilan suhbat chog‘ida muhojir sezilarli darajada bezovtalangani inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Natijada ular haydovchini hamda uning avtomobilini sinchkovlik bilan tekshirishga qaror qilgan. Politsiyachilar yukxonadan narkotik moddalarni topgan.
O‘zbekistonlik haydovchi narkokuryer sifatida ishlayotganini tan olgan. Umumiy og‘irligi deyarli 15 kilogramm bo‘lgan musodara qilingan ashyo ekspertizaga yuborilgan.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki jo‘natishga urinish bo‘yicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Migrant hibsga olingan.
Hozirda taqiqlangan moddalarni yetkazib berish yo‘llari aniqlanmoqda, shuningdek, jinoyatda ishtirok etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi Rossiya migrantlarning pul o‘tkazmalaridan ham boj undirishi mumkin AQShda O‘zbekiston fuqarosi siyosiy ayblov bilan hibsga olindi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi
Soʻnggi yangiliklar







