Rossiyada o‘zbekistonlik ayol jangarilarni moliyalashtirgani uchun 15 yilga qamaldi
Ayblanuvchining o‘zi aybini tan olmadi.

Moskvada 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi “Katiba Tavhid val-Jihod” xalqaro terrorchilik hamjamiyati jangarilarini moliyalashtirishga yordam bergani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi TASS.
Tergov versiyasiga ko‘ra, ayol Suriya hududida jang qilayotgan shaxslarga yordam ko‘rsatgan. 2022-yil oktyabr oyida u Moskvada bo‘lganida radikallarga bank kartasi rekvizitlari va mobil bankka kirishni taqdim etgan.
Kartaga boshqa shaxsdan 6,5 ming rubl kelib tushgan, keyinchalik u terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. Fuqaro terrorizmni moliyalashtirishga ko‘maklashish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Ayolning o‘zi aybini tan olmadi.
Avvalroq AQShda O‘zbekistondan kelgan noqonuniy muhojir terrorizmga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Erkak o‘z vatanida 2022-yildan beri odamlarni terrorchilik tashkilotiga yollash va internetda jihodga chaqirishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.
Izohlar