22 Oktabr 2024, 13:06 Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli yigit hamyurtini pichoqladi

Sankt-Peterburg shahrida yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaraladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik 15 yoshli yigit hamyurtini pichoqladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik muhojirlar o‘rtasidagi mojaro pichoqbozlik bilan yakunlandi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Hodisa 19-oktyabr kuni tunda Pravda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaralagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari 20-oktyabr Marat ko‘chasida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U jabrlanuvchining 15 yoshli vatandoshi bo‘lgan.

“Fontanka” nashriga ko‘ra, erkak yosh hamyurti — xotinining o‘g‘li bilan umumiy til topa olmagan. Bola esa pichoq bilan hujum qilgan. U qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishda gumon qilinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga jo‘natilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mashhur yangiliklar