Rossiyada migrantlarning chet elga o‘z maoshidan ortiq miqdordagi pulni o‘tkazishini taqiqlash rejalashtirilmoqda
Bu yashirin daromadlar, soliqdan qochish va kapitalni chet elga olib chiqib ketishdan qochishga yordam beradi.

Rossiya Davlat dumasiga kiritilgan qonun loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada mehnat muhojirlariga o‘z ish haqidan ko‘proq pulni chet elga o‘tkazishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, bu choralar muhojirlarga manbasi hujjat bilan tasdiqlanmagan mablag‘larni chet elga yuborish imkonini bermaydi. Hozir norezidentlar cheklovlarsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish huquqiga ega. Bu esa katta miqdordagi pullarni tegishli nazoratsiz mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketish imkonini beradi.
Bu noqonuniy daromadlarni legallashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va kapitalni chet elga olib chiqib ketish uchun sharoit yaratadi. Amaldagi qonunchilikda o‘tkazmalar hajmining rasmiy tasdiqlangan daromadlarga muvofiqligini nazorat qilishning samarali mexanizmlari nazarda tutilmagan.
Qonun loyihasining tushuntirish xatida qayd etilishicha, 2023-yilda mehnat migrantlarining vataniga pul o‘tkazmalari hajmi 18 milliard dollardan oshgan. 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul tushumlari 29 foizga o‘sib, 11,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun soxta hujjatlar tayyorlagani uchun sudlangandi. Erkak vatandoshlarining pasportlarini pochta orqali olgan va o‘z tanishlari yordamida u yerga nazorat-o‘tkazish punktining soxta data-shtamplarini qo‘ygan.
Izohlar