Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi
Shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i deportatsiya qilingach, ayol bolalari bilan ijaradagi uydan haydalgan.

Rossiyada ikki bolasi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Primorsk o‘lkasida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik J.D. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi.
U shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i bilan 2019-yilda ishlash maqsadida Primorsk o‘lkasiga kelgan. J.D. bir necha yillar davomida farrosh bo‘lib ishlagan. Turmush o‘rtog‘i Rossiya hududida bo‘lish hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmagani uchun joriy fevral oyida sud hukmi bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Shu bois ushbu oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan. Bosh konsulxonaga qilingan murojaatdan so‘ng, Vladivostok shahridagi o‘zbek diasporal tashkiloti vakillari, faol vatandoshlar ko‘magida fuqaro hamda uning bolalari turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlandi.
26-fevral kuni esa Uzbekistan airways AJning Vladivostok—Toshkent yo‘nalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi va O‘zbekistonga qaytarildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







