Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi
Qiynoqlardan aziyat chekib kelgan 1,5 yashar bola 2021 yil avgustida vafot etgan.
2024 yil boshlarida ijtimoiy tarmoqda va qator OAVda yosh bolani ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. U Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi A.G. ekani, 2016 yildan beri Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab kelishi aniqlangandi. Videotasvirdagi bola esa ularning 2019 yilda tug‘ilgan qizi R.X. bo‘lgan.
O‘zbekiston bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan so‘rovi asosida Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, A.G. 117-modda (qiynash) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Qiynoqlardan aziyat chekib kelgan 1,5 yashar bola 2021 yil avgustida vafot etgan. Onasi tibbiy muassasaga xabar bermay, bolani o‘zboshimchalik bilan ko‘mgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi Andijonda terrorchi guruhlarga pul yuborgan shaxs 10 yildan koʻproqqa qamaldi Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi