Rossiyada 19 yoshli asli o‘zbekistonlik yigit deputatga hujum qildi
Rossiya fuqaroligini olgan asli o‘zbekistonlik yigit Davlat dumasi deputati va uning haydovchisini o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda.
Rossiyada asli O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan yigitlar, shuningdek, 16 yoshli samaralik Davlat dumasi deputati Mixail Matveyevga suiqasd qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Tergovchilarning ma’lum qilishicha, ayblanuvchilar 18-iyul kuni Samara shahrining Sanoat tumanidagi ko‘chada o‘zlarini g‘alati tutgan va jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzgan. Davlat dumasi deputati va uning haydovchisi noqonuniy harakatlarga chek qo‘yishga uringanida, ayblanuvchilar ularga hujum qilib, tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarida tug‘ilgan 19 yoshli shaxslar, shuningdek, 16 yoshli mahalliy fuqaro Davlat dumasi deputati va uning haydovchisini o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda, deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Ayblanuvchilar (Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekiston va tojikistonliklar)ga nisbatan bir oy 29 sutka, shu jumladan, 17-sentyabrgacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlangan. Sudda asli o‘zbekistonlik yigit rus tilini yaxshi bilmagani uchun tarjimon yordamidan foydalangan va aybiga iqror bo‘lmagan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirgan, ayblanuvchilarning yashash joylarida tintuv o‘tkazilib, sud ekspertizalari tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak urib ketgan piyoda vafot etdi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi