Rossiya TIV migrantlarga qarshi kuch ishlatilishi ortidan yuborilgan O‘zbekiston notasiga munosabat bildirdi
Mariya Zaxarova olingan xolis ma’lumotlarni belgilangan tartibda O‘zbekistonga yetkazishini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan yuborilgan diplomatik notaga izoh berdi, deb yozadi “TASS”.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, murojaatda keltirilgan ma’lumotlar diqqat bilan o‘rganilmoqda va vakolatli organlarga yetkazilgan.
Zaxarova, shuningdek, Rossiya O‘zbekistonga belgilangan tartibda xolis ma’lumot taqdim etishini aytib, Rossiya va O‘zbekistonni mustahkam ittifoqchilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bog‘lab turishini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasi olingan xolis ma’lumotlarni O‘zbekistonga belgilangan tartibda yetkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni Moskvaning Sokolniki tumanida huquq-tartibot idoralari tomonidan muhojirlar maqomini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazilgan, huquq-tartibot idoralari xodimlari xorijliklarga nisbatan qo‘pol va kuch ishlatgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborgan. O‘zbekiston tomoni vaziyatni tushuntirish va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berishni so‘radi.
Izohlar