Rossiya qamoqxonalaridagi O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati giyohvand moddalar savdosi va ularni tashish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha konsullik-huquqiy masalalar departamenti boshlig‘i Munira Nizomovaning so‘zlariga ko‘ra, tegishli jinoyatlar bo‘yicha Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan o‘zbekistonliklar soni 60 foizni tashkil etadi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarda quyidagi jinoyatlar turadi:

  • jinsiy zo‘ravonlik – 12%;
  • qotillik – 7%;
  • sog‘liqqa og‘ir shikast yetkazish – 5%;
  • o‘g‘rilik – 4%;
  • firibgarlik – 3%.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy nafaqalarni bekor qilish taklif qilingan edi. RLDP partiyasi muhojirlar uchun “bepul ijtimoiy xizmat”ni to‘xtatish va shu tariqa federal byudjetga yukni kamaytirish vaqti kelganini aytdi.