7 Yanvar 2025, 17:28 Oʻzbekiston

Romitan tumani hokimi o‘rinbosari firibgarlikda ayblanmoqda

7 yanvar kuni Romitan tumani hokimi o‘rinbosari Aziz Boboyev hamda uning akasi Laziz Boboyevga doir jinoyat ishi tuman sudida ko‘riladi.

Romitan tumani hokimi o‘rinbosari firibgarlikda ayblanmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudida ushbu tuman hokimi o‘rinbosari Aziz Boboyevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.

Jadvalga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudida 2025 yilning 7 yanvar kuni Boboyev Aziz Xojiqurbonovich hamda Boboyev Laziz Xojiqurbonovichga doir jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi. Sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b, v” bandlari, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 2-qismi “a, b” bandlari hamda 3-qismi bilan ayb e’lon qilingan. 3 nafar fuqaro jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Ishning tafsilotlari hozircha aniq emas.

Boboyev Aziz Xojiqurbonovich 1988 yilda Romitan tumanida tug‘ilgan. 2011-2022 yillarda “Mikrokreditbank”ning Romitan tuman filialida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2024 yilning mart oyida Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha esa Hazortut mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.

Mashhur yangiliklar