14 Dekabr 2024, 15:22 Oʻzbekiston

Ravshan Alimov Turkmaniston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Turkmaniston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Ravshan Alimov Turkmaniston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Oʻzbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ravshan Alimov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

“Turkmenportal” internet-axborot resursi tarqatgan maʻlumotlarga koʻra, Turkmaniston TIV rahbari elchini masʻuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning diplomatik faoliyatini amalga oshirishda turkman tomoni har tomonlama yordam va koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat avvalida ishtirokchilar ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli davlatlararo muloqot yuksak saviyada ekanini alohida qayd etdilar, deb taʻkidlangan nashrda.

Tomonlar mintaqaviy va global kun tartibining muhim jihatlari boʻyicha pozitsiyalar oʻxshashligini, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik va gumanitar sheriklik muvaffaqiyatli rivojlanayotganini bildirdilar.

Ravshan Alimov 29-noyabr kuni Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi. U 2020-2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan. Ravshan Alimov bundan avval Oʻzbekistonning Ukrainadagi va oʻrindoshlik asosida Moldovadagi elchisi, shuningdek, Fransiyadagi va oʻrindoshlik asosida Portugaliyadagi elchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Mashhur yangiliklar