“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekistonda tovar va moliya bozorlarida sog‘lom raqobat muhiti ta’minlanishi belgilandi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’yekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’yektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston qariyb 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirdi Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi Adliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi OTB O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi
Soʻnggi yangiliklar







