Raqobat qo‘mitasi yana bir bankka nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Raqobat qo‘mitasi tashqi reklama vositalari o‘rnatilishida qonunchilikka rioya qilmagan yana bir bankni jarimaga tortdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Orient Finans Termiz filialiga ish qo‘zg‘atib, jarimaga tortdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaga Orient Finans xususiy aksiyadorlik tijorat banki Termiz filiali tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, Orient Finans Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim at-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarini o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari (pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar) mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelingani aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Reklama to‘g‘risida”gi qonun 24 va 25-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Orient Finans Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi