Raqobat qo‘mitasi Ucell’ni jarimaga tortdi
Raqobat qo‘mitasi COSCOM — Ucell kompaniyasini reklama qonunchiligi talablarini bajarmagani uchun jarimaga tortdi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi COSCOM — Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, olib borilgan monitoringlarda COSCOM kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan COSCOM kompaniyasiga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Qo‘mita maxsus komissiyaning qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligini eslatgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi Toshkentdagi shifoxonada bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







