27 Avgust 2024, 13:58 •Oʻzbekiston
Raqobat qoʻmitasi sement ishlab chiqaruvchi korxonani 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Raqobat qoʻmitasi insofsiz raqobat sodir etgan sement ishlab chiqaruvchi korxonani 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortdi.
“Shangfeng-Bridge of Friendship” MChJ boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobat sodir etgan deb topildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qilmoqda.
Ishni koʻrib chiqish natijasida quyidagilar aniqlangan:
- 2024 yilning mart-iyul oylarida birja savdolari orqali sotilishi kerak boʻlgan jami 122,7 ming tonna sement mahsuloti belgilangan talablarga zid ravishda korxona tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan;
- jami 2,7 mingtonna sement mahsuloti oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasidan yuqori narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilingani natijasida 81,1 mln soʻm asossiz ravishda daromad olingan va boshqa sement ishlab chiqaruvchilarga nisbatan insofsiz raqobatni sodiretgan.
Shu sababli Raqobat qoʻmitasining hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi tomonidan “Shangfeng-Bridge of Friendship” MChJ raqobatga zid harakatlarni sodir etgani sababli belgilangan tartibda 4,9 mlrd soʻm miqdorda moliyaviy jarimaga tortilgan.
Shu bilan birgalikda, MChJ tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi (sement) mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini hisoblash boʻyicha toʻplangan hujjatlar soliq organiga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19