Raqobat qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi
Raqobat qoʻmitasi 1,4 mlrd soʻmlik tender yuzasidan Respublika Maʼnaviyat markaziga qarshi ish qoʻzgʻatdi.

Maʼlum boʻlishicha, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “qadriyatim.uz” va “tanlov.manaviyat.uz” saytlari hamda mobil ilovalarini, shuningdek, markaz veb-portalini yaratish boʻyicha tender savdolarini oʻrganib chiqqan.
Natijada boshlangʻich narxi 1,4 milliard soʻmlik tender savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga rioya qilinmagani alomatlari borligi aniqlangan.
Keltirilishicha, hozirda holat yuzasidan Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, u belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Natijasi haqida qoʻshimcha axborot taqdim etiladi, deyiladi qoʻmita xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi Toshkentdagi shifoxonada bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







