23 Noyabr 2024, 16:21 Oʻzbekiston

Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi

Qonunchilikda raqamli dalillarni guvohlantirish va ularni tekshirish tartibi nazarda tutilmoqda.

Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan ayrim kodekslarga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo‘q qilish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, qonunchilikda raqamli dalillarni guvohlantirish va ularni tekshirish tartibi nazarda tutilmoqda.

Mashhur yangiliklar