O‘zbekiston

Quruq va shamolli: 6-avgust uchun ob-havo

Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

6-avgust kuni O‘zbekistonda 40 darajagacha issiq, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-16 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2025-yilning iyul oyi so‘nggi yillardagi eng issiq bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bir qator tumanlarda haroratning mutlaq rekordi yangilandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная