O‘zbekiston

Quruq va biroz issiq: 9-sentyabr uchun ob-havo ma’lumoti

Ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-sentyabr kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 30-32° bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha prognoz:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. ‘ Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная