O‘zbekiston

Quruq jazirama: 25-avgust uchun ob-havo ma’lumoti

Ayrim hududlarda chang-to‘zonli shamol esadi.

25-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

  • Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° bo‘ladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20° iliq, kunduzi 32-37° issiq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Kechasi 17-22° iliq, kunduzi 34-39° issiq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° issiq;
  • Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-21°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная