Qurbon hayiti kuni o‘qiladigan bayram namozining vaqti e’lon qilindi
Namoz eng oxirgi bo‘lib Qoraqalpog‘istonda o‘qiladi.

2-iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari boshqarmasi Qurbon hayiti munosabati bilan o‘qiladigan bayram namozining vaqtini ma’lum qildi.
6-iyun, juma kuni hududlar bo‘yicha namoz vaqtlari quyidagicha:
- Andijon viloyati — 05:00;
- Buxoro viloyati — 05:30;
- Jizzax viloyati — 05:20;
- Navoiy viloyati — 05:30;
- Namangan viloyati — 05:00;
- Samarqand viloyati — 05:20;
- Sirdaryo viloyati — 05:20;
- Surxondaryo viloyati — 05:20;
- Toshkent viloyati — 05:10;
- Toshkent shahri — 05:10;
- Farg‘ona viloyati — 05:00;
- Xorazm viloyati — 05:45;
- Qashqadaryo viloyati — 05:25;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Izohlar