Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda
Qozogʻiston prezidenti kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytirilishi kerakligini aytdi.
Qozogʻiston parlamenti qonunchilikka kelin oʻgʻirlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi tuzatishlar tayyorlamoqda. Bu haqda parlament spikeri Erlan Koshanovga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Nashrning yozishicha, prezidentning Atirauda boʻlib oʻtgan Milliy qurultoy yigʻilishida bergan topshirigʻini bajarish maqsadida deputatlar qonunchilikka kelin oʻgʻirlaganlik uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha tuzatishlar tayyorlamoqda.
15-mart kuni prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev Milliy qurultoy yigʻilishida Qozogʻistonda kelin oʻgʻirlash holatlari haqida gapirgan edi.
“Mamlakatimizda goʻyoki milliy urf-odatlarni bahona qilib, kelin oʻgʻirlash amaliyotini tatbiq etishga urinayotganlar ham borki, bunday xurofotni umuman oqlab boʻlmaydi. Bu progressiv jamiyat ideallariga, jumladan, har bir insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari mutlaq ustun turadigan jamiyatga zid keladi. Bunday faktlar nafaqat maʻnaviy qoralashni, balki huquqiy baho berishni ham talab qiladi”, degan edi prezident.
Мавзуга оид хабарлар:
Qozog‘istonda 10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi Migratsiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo suvini hisoblashni avtomatlashtiradi Oʻzbek-qozoq chegarasida benzin kontrabandasi bilan shugʻillangan jinoiy guruh fosh etildi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida maxfiy tunnel topildi