7 Oktabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Qoraqalpog‘istondagi YTHda velosipedchi halok bo‘ldi

Velosiped haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida Lasetti mashinasi uni urib yuborgan.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda velosipedchi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIB YHXB xabar bermoqda.

“Mening yurtim” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, hodisa Nukus-Shumanay-Taxtako‘prik avtomobil yo‘lida tunda yuz bergan.

Velosiped haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotganida Lasetti mashinasi uni urib yuborgan.

Oqibatda velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar