Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi
Masʼullar qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi, deya xabar qildi Raqobat qo‘mitasi.
Xususan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida 11 ta tuman hokimliklarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari yuzasidan jami 15 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida, Amudaryo, Chimboy, Kegayli, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Taxiatosh va Xo‘jayli tuman hokimliklarida 31 ta holatda tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish va raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi boshqa turdagi hujjatlar chiqarilishi natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi birinchi qismining 4, 5, 7, 9, 12 va 13 xat boshlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra, 7 ta tuman hokimliklarining bayonnoma va chiqish xatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirildi hamda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan Qoraqalpog‘istonda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi