
Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
Toʻrtkoʻl tumanida MAN rusumli yuk mashinasining yonilgʻi bakini payvandlash vaqtida portlash yuz berdi.

Toʻrtkoʻl tumanida yuk mashinasi bakining portlashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Qoraqalpogʻiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani Guliston MFY hududidagi ustaxonada MAN markali yuk avtomobilining yonilgʻi bakini payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida portlash yuz bergan.
Natijada, MAN va Ford rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari yongʻindan zararlangan. Hodisa oqibatida 1998-yil va 1980-yil tugʻilgan Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
“Vafot etgan fuqarolar yoʻq. Yongʻin toʻliq bartaraf etildi. Moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi”, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







