25 Yanvar 2025, 14:22 Oʻzbekiston

Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Hozirada mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi

Qoraqalpog‘istonda fuqaroning 46 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan 46 mln so‘m pul mablag‘i yechib olinganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida murojaatchi ijtimoiy tarmoqdagi treyderlik guruhiga a’zo bo‘lgani va “pulingizni ko‘paytirib beramiz” degan soxta treyderlarga 46 mln so‘m pulini o‘z plastik kartasidan bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib bergani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar