25 Yanvar 2025, 14:22 •Oʻzbekiston
Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi
Hozirada mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda fuqaroning 46 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Nukus shahrida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan 46 mln so‘m pul mablag‘i yechib olinganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida murojaatchi ijtimoiy tarmoqdagi treyderlik guruhiga a’zo bo‘lgani va “pulingizni ko‘paytirib beramiz” degan soxta treyderlarga 46 mln so‘m pulini o‘z plastik kartasidan bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib bergani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 19 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Nukusda bog‘cha tarbiyachisi va yordamchisi bolalarni tepib, kaltakladi
Soʻnggi yangiliklar

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun foizsiz ssudalar ajratiladi
18 Fevral 2025, 19:17
Buxoro va Jizzaxda 360 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
18 Fevral 2025, 18:32
Samarqandda “Gentra” ikki piyodani urib yubordi
18 Fevral 2025, 17:58
Olmaliqda ham 21 yoshli mahkum vafot etdi
18 Fevral 2025, 17:14
Uch hududda haj va umraga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
18 Fevral 2025, 16:35
Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi
18 Fevral 2025, 16:30
Jizzaxda 588 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh etildi
18 Fevral 2025, 15:10
Namanganda 95 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi
18 Fevral 2025, 14:36