11 Aprel 2025, 10:07 Oʻzbekiston

Qoraqalpogʻistonda ikkita yuk mashinasi yirik avtohalokatga uchradi — video

Haydovchilardan biri transport salonida qisilib qolgan, uni FVV xodimlari maxsus texnika yordamida qutqargan.

Qoraqalpogʻistonda ikkita yuk mashinasi yirik avtohalokatga uchradi — video

9-aprel kuni Qoraqalpogʻistonda ikkita yuk mashinasi yirik yoʻl-transport hodisasiga uchradi, haydovchilardan biri qutqaruvchilar yordamisiz avtomobil salonidan chiqa olmadi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Hodisa soat 22:08 da Toʻrtkoʻl tumani “Oqqamish” mahallasi hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 559-560-kilometrida sodir boʻlgan. ISUZU yuk mashinasi DAF yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Natijada ISUZU haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli salonda qamalib qolgan.

Voqea joyiga FVV xodimlari yetib borib, haydovchini maxsus texnika yordamida olib chiqishgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan, hozir u oʻzini yaxshi his qilmoqda. YTH oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.

Mashhur yangiliklar