O‘zbekiston

Qoraqalpog‘istonda dinozavrning toshga aylangan qoldiqlari topildi

Arxeologlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan qadimgi hayvon taxminan 75 million yil oldin yashagan.

Qoraqalpog‘istonda arxeologlar taxminan 75 million yil oldin yashagan dinozavrning toshga aylangan qoldiqlarini topdi, deb xabar beradi Uzbekistan24.

Paleontologik topilma Sulton Uvays tog‘laridan Qoraqalpoq davlat universiteti va O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi olimlari ekspeditsiyasi davomida topildi. Muzey direktori Ahmadjon Ahmedshayevning aytishicha, qazilma joyidan qadimgi kaltakesakning umurtqa pog‘onasi bo‘laklari, boldir qismi va boshqa suyak elementlari topilgan.

Topilgan qoldiqlar bo‘r davriga oid bo‘lib, ularning aniq tasnifi xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda laboratoriya tadqiqotlari yakunlangandan so‘ng o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda paleontologik materiallar maxsus laboratoriyalarda o‘rganilmoqda. Ular tugagach, dinozavrning qaysi turga mansubligi ma’lum bo‘ladi.

Avvalroq Toshkent yaqinida arxeologlar Amir Temur davriga oid artefaktlarni topgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekiston va Turkiya mutaxassislari dubulg‘alar, sovutlar, shuningdek, 1560-yilga oid skeletni topdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная