
Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi pasayishi kutilmoqda
8 Aprel 2025, 16:17Qoraqalpogʻistonda brakonyerlar tomonidan 752,6 mln soʻmlik noqonuniy baliq ovlandi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, uch nafar erkak taqiqlangan vositalar yordamida Taxiatosh tumanida joylashgan tabiiy koʻldan noqonuniy ravishda baliq ovlagan. Fuqarolar tomonidan 5 dona sazan, 1 dona ilonbosh, 195 dona oq doʻngpeshona, 2 dona karas va 5 dona chexon baligʻi noqonuniy ovlangan. Yetkazilgan zarar 752,6 mln soʻmni tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryoda brakonyerlar 100 dan ortiq daraxtni noqonuniy kesib tashlagan. Huquqbuzarlar davlatga millionlab zarar yetkazgan.