Qoraqalpog‘istonda 3 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
Bu qushlar soni keskin kamayib ketganligi tufayli O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qoraqalpog‘istonda 2 ming 680 bosh yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston “Qizil kitob”i hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi “Qizil kitob”ga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlarni Qoraqalpog‘iston hududining yovvoyi tabiatiga har yili 2 ming boshdan 3 ming boshgacha qo‘yib yuborishni rejalashtirilgan.
Rejaga asosan, Qo‘ng‘irot tumani Ustyurt tekisligiga jami 2 ming 680 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushlari qo‘yib yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketidi, oqibatida uch yo‘lovchi vafot etgan Ikki hududda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi